Geografik
tarqalishi.
Moldova,
Ukraina,
Beloras,
Rossiyaning Uzoq Shimol hamda Ural, quyi Volga bo‘yi cho‘l
tumanlaridan tashqari, hamma yerda uchraydi. Asosan yo‘l
yoqalarida, aholi yashaydigan yerlarga yaqin j oylarda, o‘tloqlarda,
o‘rmon chetlarida va suv bo‘ylarida o‘sadi.
94
Mahsulotning
tashqi
ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot yarim
sharsimon savatchaga to‘plangan gullardan iborat. Savatchadagi
gullar sariq rangli, naychasimon bo‘lib, gul o‘miga joylashgan.
Savatcha ko‘ndalangiga 6-8 mm, kulrang-yashil tusli, lansetsimon
ko‘rinishdagi umumiy o^rama bargchalar bilan qoplangan.
Savatcha chetidagi gullar uch tishli, savatcha o‘rtasidagi gullar
esa besh tishli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga
joylashgan.
Mahsulotning kamfora hidiga o ‘xshash o‘ziga xos hidi va
o ‘tkir mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 9%,
jigarrang va qoraygan savatchalar 8%, o‘simlikning boshqa
bo‘laklari (barglar, 4 sm dan uzun bo‘lgan ayrim gul bandlari)
7%, teshigini diametri 2 mm И elakdan o ‘tadigan mayda qismlar
10%), organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan
ko‘p, to‘pgullar - savatchalar va ulaming bo‘laklari 60% hamda
flavonoidlar va fenolkarbon kislotalar yig‘indisining miqdori
lyuteolinga nisbatan hisoblaganda
2,5%
dan kam bo‘lmasligi
kerak.
Kimyoviy tarkibi.
Gulto'plamlar tarkibida 1,5-2%) efir moyi,
flavonoidlar (kversetin, lyuteolin, apigenin, xrizoeriol, diosmetin,
izoramnetin, aksillarin va boshqalar), alkaloidlar, oshlovchi
moddalar, ko‘p to ‘yinmagan bog‘lanishga ega bo‘lgan lakton
(poliinli lakton) va tanatsetin achchiq moddasi bo‘ladi.
Efir moyi tarkibida a va b (47% gacha) - tuyonlar, kamfora,
tuyol, borneol, pinen va boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi.
Oddiy dastarbosh guli gijja haylash uchun hamda
jigar va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Dorivor
p rep arati,
Damlama.
Tanatsexol
preparati
(gulto‘plamidan olingan flavonoidlar va fenolkarbon kislotalar
yig‘indisi kukun-poroshok yoki tabletka holida chiqariladi).
Preparat tibbiyotda о 4 haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Mahsulot jigar kasalliklarida (xoletsistit, gepatit va boshqalar)
95
ishlatiladigan choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi tarkibiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: |