Bodomning ikki tur xili uchraydi, ulami faqat mag‘zining
achchiq-chuchukligiga qarab ajratish mumkin:
chuchuk bodom
-Amugdalus communis L. varietas dulcis
D.
C. va achchiq bodom
- Amugdalus communis L. varietas amara
D.
C.
Bodom fevrai-aprel oylarida, barg chiqarmasdan gullaydi.
mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.
Geografik tarqalishi.
Achchiq bodom yovvoyi holda tog‘
yonbag‘irlarida va dengiz sathidan 800-1800
m balandlikdagi
tog‘li tumanlarda o‘sadi. Achchiq bodom asosan 0 ‘rta Osiyo
tog‘larida (Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdag),
Ozarbayjonning
janubiy qismi, Janubiy Armanistonda o‘sadi. Achchiq va chuchuk
bodom 0 ‘rta Osiyoda, Kavkazda va Qrimda ko‘p o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot danakdan
ajratib olingan tuxumsimon, cho‘ziq, yassi bodom urug‘idan
iborat. Bodom urug‘i g ‘adir-budur bo‘lib, asosida qora dog‘ga
o‘xshash (po‘stining ichki tomonidan yaxshi ko‘rinadigan)
xalaza joylashgan. Xalaza atrofida radius bo‘ylab mayda suv
naychalari joylashgan. Urug‘ning o ‘rtacha uzunligi 2 sm, eni
esa - 1,5 sm.
Issiq suv bilan namlanganda, po‘sti tez ko‘chadi.
Urug‘ ikkita palladan iborat. Embrionning ildizchasi va kurtagi
urug‘ining uch tomoniga joylashgan. Chuchuk bodom urug‘i
hidsiz, yog‘simon yoqimli mazasi bor. Achchiq bodom urug‘i esa
achchiq, quriganida hidsiz bo‘ladi, namlab havonchada ezilsa,
sianid kislota hidi keladi.
Chuchuk bodom um g‘i orasida singan urug‘lar
va achchiq
bodom urug‘i bo‘lmasligi kerak. Singan um g‘lardagi moy um g‘ni
saqlash davrida (po‘sti bo‘lmaganidan) havo va namlik ta ’sirida
oksidlanadi va parchalanib buziladi.
Dostları ilə paylaş: