5 x 5 sxemasida, erta bahorda yoki kuzda gorizontal terassalar
kengligi 1,5-5 m gacha bo‘lgan yerlarda ekiladi.
Sug‘oriImaydigan yerlarda yomg‘ir suvlarining bug‘lanishini
kamaytirish, shu tariqa suvning tuproqqa shimilishini oshirish
maqsadida bodom ko‘chatlarining atrofiga boshqa о‘simliklarning
qoldiqlari, poxol va somondan m o‘Scha qilib tashlanadi.
Buttdan tashqari bodom ko‘chatlarining atrofi muntazam
ravishda yumshatilib turiladi.
0 ‘g‘itlash.
Muntazam ravishda bodomzorlarga hosildorlikni
oshirish maqsadida 2-3 yilda bir marta har gektar yerga sof holda
azotdan 120 kg, fosfordan 90 kg va 40-60 kg dan kaliy o‘g‘iti
hamda 20-30 t dan chirigan go‘ng solinadi.
Yangi ekilgan bodom ko‘chatlarining ildiz olish va o‘sishini
faollashtirish uchun har bir ко‘chat atrofiga 60-80 g dan ammofos
hamda 4-6 kg dan organik o‘g ‘it qo‘llanishi yaxshi samara beradi.
M a’lumki tog‘li hamda lalmi yerlarda yog‘in suvlari
tuproqdagi ozuqa elementlarini yuvib ketishi natijasida ular
kuchsizlanib qoladi. Shuning uchun ham bunday yerlarga ekilgan
bodom ko‘chatlarini o‘z vaqtida organik va m a’dan o‘g ‘itlar bilan
oziqlantirib turish zarur.
Bodom ko‘chatlari sekin o ‘sayotgan bog‘lar to‘liq hosilga
kirgunga qadar har bir kv m ga sof azotdan 6-8 g dan, fosfordan
3-4 g dan, kaliydan 2-3 g dan hamda 4-5 g dan organik o ‘g‘it
solish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: