yerlarga ekish tavsiya qilinadi. Zig'ir ekiladigan yerlami kuzda
22-25 santimetr chuqurlikda shudgor qilib qo‘yiladi. Erta bahorda
yerni tekis lash uchun borona qilinib mola bosiladi.
0 ‘simlikni
ekishdan
oldin
urug‘lari
elektromagnit
mashinalarida chirmoviq urug‘ idan tozalanadi.
Ekish uchun
bir tekis urug‘lar tanlab olinadi. Uning unuvchanligi 80-
85 va tozaligi 95 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Zig‘iming
um g‘i ekishdan oldin fuzarium va boshqa kasalliklarga qarshi
dorilanadi. Zig‘irni mart oyining oxiri yoki
aprelning boshlarida
sabzavot yoki dukkakli don ekiladigan seyalkalarda tez kun ichida
yoppasiga qatorlab 4,5-5 santimetr chuqurlikda ekiladi va gektar
hisobida 25-30 kg urug‘ sarflanadi. Bahorgi yoqqan yomg‘ir!ar
natijasida hosi! bo‘lgan qatqaloqqa qarshi zig-zag borona bilan
yumshatiladi. Zig‘ir tez etiladigan o‘simlik, vegetatsion davri 70-
95 kun hisoblanadi. Ekilgandan 8-10 kun o‘tgaeh maysalari unib
chiqadi. Unib chiqqan maysalar 4-5 gradus sovuqqa chidaydi.
Zig‘ir birinchi davrlarda sekin rivojlanadi.
Shonalash davrida
namlikni ko'proq talab qiladi. 0 ‘simlikni birinchi oziqlantirishni
maysalar unib chiqqandan keyin gektariga 30 kg azot va 20 kg
fosfor o‘g‘iti berish bilan boshlash tavsiya qilinadi. Ikkinchi
oziqlantirishni o‘simlik g‘unchalagandan so‘ng 40 kg azot va 30
kg kaliy o‘g‘iti berish bilan tugallash maqsadga muvofiq boMadi.
0 ‘simlikni oziqlantirish natijasida uning o‘sishi
va rivojlanishi
tezlashadi. Vegetatsiya davomida zig‘imi 4-5 marta sug‘oriladi.
Uni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Har bir
sug‘orishdan keyin o‘simlik
oralari kultivatsiya qilinib, begona
o ‘tlardan tez-tez tozalanib turilishi lozim.
Zig‘imi yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun yerni haydashdan
oldin kuzda 10-i 5 tonna go‘ng va 30 kg fosfor o‘g'iti
berilishi
kerak. Vegetatsiya davomida gektariga 70 kg azot, 40 kg fosfor
va 30 kg kaliy o ‘g ‘iti bilan oziqlantirilishi kerak.
Agar zig‘ir shonalash davrida etarli sug‘orilmasa, to‘satdan
bo‘ladigan issiqlik o‘simiik poyasining yuqoriga o‘sishini
susaytiradi, shoxlanib ketishiga sababchi bo'ladi,
hosildorligi va
uning sifati pasayib ketadi.
Dostları ilə paylaş: