Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Kimyoviy tarkibi. 
0 ‘simlikning hamma qismida (bargida 
0,23-0,39%, poyasida 0,15-0,24%, ildizida 0,21-0,46%, mevasida 
0,76-0,83%, urug‘ida 0,83%) alkaloidlar bo‘ladi. Asosiy alkaloidi 
skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‘ida 0,31 - 
0,77% skopolamin bo‘ladi. Mevadan skopolamindan tashqari 
giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan.
Ishlatilishi. 
Skopolamin 
markaziy 
nerv 
sistemasini 
tinchlantiruvchi ta’sirga ega (atropindan farqi). Shuning uchun 
skopolamin gidrobromid ba’zan xirurgik operatsiyadan oldin, 
markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qo‘shib, 
teri ostiga yuboriladi. 
В 
undan tashqari, asab kasalliklarini 
davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda 
tinchlantiruvchi, qusishni to‘xtatuvchi vosita sifatida (aeron 
tarkibida) qo ‘ llaniladi.
Dorivor preparati. 
Skopalamin gidrobromid. Skopalamin 
alkaloidining kamfora bilan hosil qilgan birikmasi aeron preparati 
tarkibiga kiradi.
Bangidevona o‘simligini o‘stirish texisoiogiyasi
Bangidevona o‘simligini 0 ‘zbekistonning namgarchilik etarli 
mintaqalarida tarqalgan tuproqlarda, ayniqsa, sug‘oriladigan tipik
118


va o‘tioqi tuproqiarda ekib o‘stirish maqsadga muvofiq boUadi, 
Bangidevonani pomidor, kartoshka, tamaki (ituzumdoshlar 
oilasiga man sub) kabi 
o‘simliklar ekilgan maydoniarga 
joylashtirish tavsiya etilmaydi. 
Chunki bu o'simliklami 
zararlovchi 
hasharotlar 
bangidevonani 
kasallantimvchi 
hasharotlar hisoblanadi. Bangidevona ekiladigan tuproqiarda 
qanaqangi o‘tmishdosh ekin ekilganligidan qat’iy nazar, kuz 
oylarida yerlami haydash oididan gektariga 20-25 tonna chirigan 
go'ng, 70 kg dan sof fosfor o‘g ‘iti bilan oziqlantirilib, 25-27 
sm chuqurlikkacha traktor bilan haydab qo‘yish lozim bo‘ladi, 
Bangidevonani erta bahorda ekilsa hosildorlik yuqori boUadi. 
0 ‘simlik urugUni erta bahorda ekishdan oldin yerlami borona va 
molalar bilan tekislab tuproq harorati 15-17°S bo Uganda qator 
oralarini 60 sm dan qilib sabzavot ekadigan seyalkalar bilan 
gektariga 10 kg urug‘ sarflab, uning chuqurligi o ‘rtacha qumloq 
tuproqiarda 4-5 sm, mexanik tarkibli og‘ir boUgan yerlarda esa
3-4 sm chuqurlikda ekiladi. 0 ‘simlik urugUari ekilgandan keyin 
15- 22 kunda o‘sib chiqadi. Uning vegetatsion davrining uzunligi 
(maysalar unib chiqib to gullaguncha) 100 kungacha boradi.
Bangidevonani o ‘sib chiqqan yosh nihollari begona o ‘tlarga 
unchalik bardosh berolmasligi sababli teziik bilan qator oralariga 
ishlov berilishni kuchaytirish lozim, bu ayniqsa bangidevonani 
shonalash davrigacha davom ettiriladi. 0 ‘simlikni qator oralarini 
ishlashda ko‘chatlami tuproq va kesakchalar ko‘mib yubormasligi 
uchun mexanizmlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak 
bo‘ladi. 0 ‘simlik 3-4 ta chin barg chiqargandan keyin yaganalab, 
har bir uyaga orasini 60 sm dan qilib 2 tadan sog‘lom ко‘chat 
qoldiriladi. Bangidevonani oralariga keyingi ishlov berishda va 
begona o‘tlarniyo‘qotishdatuproqningzichlanishiga qarab davom 
ettirish lozim bo‘ladi. Keyinchalik o‘simlikning bo‘yi 1 metrga 
etganda serbarg bo Uganda bangidevona o‘tlami siqib ko‘yadi. 
Bangidevona o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi, xom-ashyosi 
tarkibidagi biologik faol moddalarning ko‘proq to‘planishiga,
119


unga beriladigan organik va mineral o ‘g‘itlar miqdoriga, 
vegetatsiya davomida amalga oshiriladigan argotexnik tadbirlarga 
bog‘iiqdir. Birinchi oziqlantirishni bangidevona 5-7 ta chin barg 
chiqarganda boshlash kerak bo‘ladi. 0 ‘simlik azotli va fosforli 
o‘g‘itlami ko‘proq talab qiladi. Bu davrda gektar hisobiga 30 kg 
azot 20 kg fosfor beriladi. 0 ‘g ‘it berish natijasida maysalar tez 
rivojlana boshlaydi. ()‘simlik o‘g ‘itlarga talabchan bo‘lganligini 
hisobga olib, ikkinchi o‘g‘itlashni shonalash davrida gektariga 30 
kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘itlarmi berish bilan amalga oshirish 
kerak bo‘!adi. Har bir o‘g‘itlash o‘simlikni sug‘orishdan oldin 
amalga oshiriladi. 0 ‘g‘itlash natijasida o‘simlikning bo‘yi 30-40 
sm ga ko‘tariladi va barglar soni ham ko‘payadi. Bangidevona 
yoppasiga gullaganda gektariga 40 kg dan azot, 20 kg dan fosfor 
va kaliy o 'g ‘iti berish bilan tugailanadi. 0 ‘tkazilgari tadbirlar 
natijasida uning asosiy xom ashyosi hisoblangan barglari 
juda yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davomida bangidevona 
o‘s\mligiga 100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan 
oziqlantirish tavsiya etiladi. Mavsum davomida bangidevona 
ekinzorlari havo harorati va tuproq tarkibidagi namlikni hisobga 
olgan holda 8-9 marta sug‘orish tavsiya qilinadi. Bangidevona 
meva hosil qilgandan keyin uning barglarini terish mumkin 
bo‘ladi. Birinchi navbatda to‘liq etilgan va ko‘k barglami dumsiz 
teriladi. Undan keyin etilgan va ochilganlari teriladi. Namgarchilik 
yomg‘ir yoqqanda va sovuq tushganda barglami terishni tavsiya 
qilinmaydi.
Agar oziqlantirish, sug‘orish va qator oralariga o‘z vaqtida 
ishlov o ‘tkazilsa zararkunanda kasalliklarga yo‘l qo‘yilmasa 
bangidevona o‘simligidan 10-12 sentnergacha quruq barg yig‘ib 
olish mumkin. Bangidevona barglarini 3 marotaba (qoUda) yig‘ib 
olingandan keyin, silos yig‘adigan kambayn bilan o‘simlikni 
о‘rib olib daladan tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə