unga beriladigan organik va mineral o ‘g‘itlar miqdoriga,
vegetatsiya davomida amalga oshiriladigan argotexnik tadbirlarga
bog‘iiqdir. Birinchi oziqlantirishni bangidevona 5-7 ta chin barg
chiqarganda boshlash kerak bo‘ladi. 0 ‘simlik azotli va fosforli
o‘g‘itlami ko‘proq talab qiladi. Bu davrda gektar hisobiga 30 kg
azot 20 kg fosfor beriladi. 0 ‘g ‘it berish natijasida maysalar tez
rivojlana boshlaydi. ()‘simlik o‘g ‘itlarga talabchan bo‘lganligini
hisobga olib, ikkinchi o‘g‘itlashni shonalash davrida gektariga 30
kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘itlarmi berish bilan amalga oshirish
kerak bo‘!adi. Har bir o‘g‘itlash o‘simlikni sug‘orishdan oldin
amalga oshiriladi. 0 ‘g‘itlash natijasida o‘simlikning bo‘yi 30-40
sm ga ko‘tariladi va barglar soni ham ko‘payadi. Bangidevona
yoppasiga gullaganda gektariga 40 kg dan azot, 20 kg dan fosfor
va kaliy o 'g ‘iti berish bilan tugailanadi. 0 ‘tkazilgari tadbirlar
natijasida uning asosiy xom ashyosi hisoblangan barglari
juda yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davomida bangidevona
o‘s\mligiga 100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan
oziqlantirish tavsiya etiladi. Mavsum davomida bangidevona
ekinzorlari havo harorati va tuproq tarkibidagi namlikni hisobga
olgan holda 8-9 marta sug‘orish tavsiya qilinadi. Bangidevona
meva hosil qilgandan keyin uning barglarini terish mumkin
bo‘ladi. Birinchi navbatda to‘liq etilgan va ko‘k barglami dumsiz
teriladi. Undan keyin etilgan va ochilganlari teriladi. Namgarchilik
yomg‘ir yoqqanda va sovuq tushganda barglami terishni tavsiya
qilinmaydi.
Agar oziqlantirish, sug‘orish va qator oralariga o‘z vaqtida
ishlov o ‘tkazilsa zararkunanda kasalliklarga yo‘l qo‘yilmasa
bangidevona o‘simligidan 10-12 sentnergacha quruq barg yig‘ib
olish mumkin. Bangidevona barglarini 3 marotaba (qoUda) yig‘ib
olingandan keyin, silos yig‘adigan kambayn bilan o‘simlikni
о‘rib olib daladan tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: