Toshkent farm atse vtikainstituti


Mahsulotning tashqi kokrinishi



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulotning tashqi kokrinishi. 
Tayyor mahsulot barg, 
gul, pishmagan meva aralashmalaridan hamda qisman bargsiz 
poyadan iborat. Poyasi silindrsimon, yuqori qismi shoxlangan, 
ikki qirrali va tuksiz. Bargi cho‘ziq-tuxumsimon, tekis qirrali,
121


tuksiz, uzunligi 0,7-3,5 sm, eni 1,4 sm, unda nuqta shaklidagi 
joylar uchraydi. Guli to‘g ‘ri, gulkosachasi chuqur besh bo‘lakka 
qirqilgan, tojbargi 5 ta, tilla rangda, cho‘ziq-ellipssimon, yuqori 
qismi qiyshiq va tishsimon qirrali, otaligi ko‘p sonli, onalik 
tuguni uch xonali, yuqoriga joylashgan. Mahsulotning hushbo‘y 
hidi, achchiqroq, bir oz burishtiruvchi mazasi bor.
X ID F ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 8%, 10%
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 1%, organik aralashmalar 
1%, mineral aralashmalar 1 %, teshigining diametri 2 mm bo‘lgan 
elakdan o‘tadigan mayda qismi 10%, poya va yon shoxchalar 
50% dan oshmasligi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan 
oshiq bo‘lgan bo‘lakchalar 10%>, teshigining diametri 0,315 mm 
bo‘Igan elakdan о‘tadigan mayda qismi 10% dan oshiq bo‘Imasligi 
lozim. Ekstrakt moddalar (erituvchi 40% li spirt) 25% dan kam 
bo‘Imasligi kerak.
Mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisming miqdori rutin 
bo‘yicha hisoblaganda XI DF ga ko‘ra 1,5% dan kam bolm asligi 
kerak.
Kimyoviy tarkibi. 
Mahsulot tarkibida 10-12,8% oshlovchi 
moddalar, 0,1 -0,4% atratsenunumlari (giperitsin, psevdogiperitsin 
va boshqalar), flavonoidlar (giperozid, rutin, 
kversitrin, 
izokversitrin, kversetin, miritsetin va boshqalar), 0,1-0,33% efir 
moyi, 55 mg % karotin, 1151,8 mg % vitamin S, 34 mg % xolin, 
juda oz midorda alkaloidlar va 10% gacha smola boUadi.
Ishlatilishi. 
Mahsulotning dorivor preparatlari burishtiruvchi, 
antiseptik va yara to‘qimalarini tez bitiruvchi ta’sirga ega. 
Tibbiyotda me’da-ichak (kolit, ich ketishi), og‘iz bo‘shlig‘i 
(gingivit va stomatit) kasalliklari hamda II va III darajali 
kuyishlami davolashda, shuningdek, og‘izni chayish uchun 
ishlatiladi.
0 ‘simlikning yer ustki qismi bakteritsid ta’sirga ega.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə