tuksiz, uzunligi 0,7-3,5 sm, eni 1,4 sm, unda nuqta shaklidagi
joylar uchraydi. Guli to‘g ‘ri, gulkosachasi chuqur besh bo‘lakka
qirqilgan, tojbargi 5 ta, tilla rangda, cho‘ziq-ellipssimon, yuqori
qismi qiyshiq va tishsimon qirrali, otaligi ko‘p sonli, onalik
tuguni uch xonali, yuqoriga joylashgan. Mahsulotning hushbo‘y
hidi, achchiqroq, bir oz burishtiruvchi mazasi bor.
X ID F ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 8%, 10%
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 1%, organik aralashmalar
1%, mineral aralashmalar 1 %, teshigining diametri 2 mm bo‘lgan
elakdan o‘tadigan mayda qismi 10%, poya va yon shoxchalar
50% dan oshmasligi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan
oshiq bo‘lgan bo‘lakchalar 10%>, teshigining diametri 0,315 mm
bo‘Igan elakdan о‘tadigan mayda qismi 10% dan oshiq bo‘Imasligi
lozim. Ekstrakt moddalar (erituvchi 40% li spirt) 25% dan kam
bo‘Imasligi kerak.
Mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisming miqdori rutin
bo‘yicha hisoblaganda XI DF ga ko‘ra 1,5% dan kam bolm asligi
kerak.
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 10-12,8% oshlovchi
moddalar, 0,1 -0,4% atratsenunumlari (giperitsin, psevdogiperitsin
va boshqalar), flavonoidlar (giperozid, rutin,
kversitrin,
izokversitrin, kversetin, miritsetin va boshqalar), 0,1-0,33% efir
moyi, 55 mg % karotin, 1151,8 mg % vitamin S, 34 mg % xolin,
juda oz midorda alkaloidlar va 10% gacha smola boUadi.
Ishlatilishi.
Mahsulotning dorivor preparatlari burishtiruvchi,
antiseptik va yara to‘qimalarini tez bitiruvchi ta’sirga ega.
Tibbiyotda me’da-ichak (kolit, ich ketishi), og‘iz bo‘shlig‘i
(gingivit va stomatit) kasalliklari hamda II va III darajali
kuyishlami davolashda, shuningdek, og‘izni chayish uchun
ishlatiladi.
0 ‘simlikning yer ustki qismi bakteritsid ta’sirga ega.
Dostları ilə paylaş: