Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

merkantilizm
deb atalgan. Bu oqim 
tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik 
savdoda, asosan, tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, 
savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, 
deb tushuntirib keldilar.
Keyingi oqim 
fiziokratlar
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq, 
boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar. 
Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini(1758) yozdi va 
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
ta‘riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta‘limotini ilgari 
surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida 
teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‘y beradi, tovarlarning qiymati bozorga 
kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening ta‘limotida sof mahsulot nazariyasi 
markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab 
chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof 
mahsulot bilan qo‘shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb 
tushunadi. U qo‘shimcha qiymat dehqonlarning qo‘shimcha mehnati samarasi 
sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha qiymatni 
tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb 
tushuntiradi
7
. Bu erda u o‘zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste‘mol 
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta‘limotini A.Tyurgo, 
Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta‘limoti bo‘yicha 
qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, 
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
 
Keyinchalik iqtisodiyot fanining 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə