10
turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va
h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma‘naviy ehtiyojlar
– bu insonning shaxs sifatida kamol topishi,
dunyoqarashi va ma‘naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy
ne‘mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir. Ular kishilarning
bilim va dam olish,
madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli ma‘naviy
yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat bo‘ladi.
Ehtiyojlarni iste‘mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish
ehtiyojlariga ajratish mumkin.
Shaxsiy ehtiyojlar –
kishilarning pirovard iste‘moli uchun mo‘ljallangan
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-
ro‘zg‘or
buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni
namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari
– mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga
bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neftь, paxta va h.k.),
materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk
mashinasi,
ekskavator, bulьdozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish
mumkin.
Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda vabirgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar;
birlamchi
va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat
ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari
va turmush tarziga moslab
qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar
Dostları ilə paylaş: