1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH. IQTISODIY TIZIM TURLARI
Reja:
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi hamda fan sifatida shakllanishi
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari
4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari
5. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
6. Doiraviy aylanishda ishlab chiqarish jarayoni
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi hamda fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng
avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal,
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne‘matlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma‘lumki, kishilar siyosat, san‘at, adabiyot, fan,
ma‘rifat, madaniyat, ta‘lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy
ne‘matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. SHuning uchun har bir kishi,
o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya‘ni kiyim-kechak, oziq-
ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday
qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli
yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta‘minlaydigani
moddiy va ma‘naviy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat
bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: |