Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

klassik maktabi
namoyandalari bo‘lmish 
A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq 
7
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бет. 


15 
xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa 
xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma 
boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat‘iy ilmiy xulosaga keldilar. SHuni 
aytish kerakki, A.Smitning «ko‘rinmas qo‘l» printsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga 
olinmoqda. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida 
tadqiqot» (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy 
manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya‘ni 
foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat 
turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu 
intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb 
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin 
harakatini ta‘minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb 
nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo‘ldi. 
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy yondashuv 
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli qo‘lladilar. Aynan 
ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning «boylikning manbai – savdo» 
degan g‘oyasining to‘g‘ri emasligini isbotladilar. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot to‘g‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlarni klassik 
maktab namoyandalari ma‘lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular 
birinchi bo‘lib iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
iste‘mol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo‘ldi. 
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko‘zga ko‘ringan 
tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning 
mohiyatini, ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek, 
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuritishning 
bozor tizimi to‘g‘risidagi 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə