22
tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib
kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda
taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi
12
. Ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini,
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.
4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar
majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiyda ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini
ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. SHu
asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga
kiritiladi: an‘anaviy iqtisodiyot, ma‘muriy buyruqbozlik
iqtisodiyoti va bozor
iqtisodiyoti tizimlari.
An‘anaviy iqtisodiyot
– deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy
tizimdir. U hozirgi davrda ham ba‘zi iqtisodiy
jihatdan past rivojlangan
mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an‘analarga
asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An‘anaviy iqtisodiyotda natural
yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi.
Bozor
iqtisodiyotiga
qarama-qarshi
tizim
Dostları ilə paylaş: