Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni 
izchillik bilan o‘rganish.
Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, 
u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib 
borishi zarur. Bu esa tadqiqot ob‘ektinialohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni 
izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun 
yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Murakkab iqtisodiy tizimlar 
ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. 
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, 
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar, 
tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy 
iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. SHu bilan 
birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta‘limot va 
nazariyalarning ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan 
holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini 
berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib berishda 
A.Marshallning qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanganligi 
buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtainazaridan tadqiqot olib borish zarurligini 
taqozo qiladi. CHunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. 
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtainazardan emas, shu bilan 
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. 
Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari, 
jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan 
tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga 
qaytib, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, 
bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning 
dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina taalluqlidir. 


21 
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment
ma‘lum o‘rin egallaydi, 
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning 
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya‘ni ilmiy tajriba, 
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga 
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida 
korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish 
mumkin.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə