Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari 
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-
qoidalari va aniq hadislaridir.
Bu ob‘ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va 
nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta‘limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga 
ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish 
usullariga ega bo‘ladi. SHuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda 
xususiy bo‘ladi. 
Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, 
o‘zaro ta‘sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi; 
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy 
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va 
makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha 
rivojlanishda, deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai sifatida yondashish. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan 
ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tiborni qaratishdir
10
.
Bu usul 
yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan 
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Ilmiy abstraktsiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy 
xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar ishlab 
chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha 
tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraktsiyalashgan holda, 
biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. 
Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash 
10
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20thedition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 7 


20 
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat‘iy e‘tirof etamiz. Biroq, ilmiy 
abstraktsiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmun-
mohiyatiga oid bilimlar bilan etarli darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, 
u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri 
xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va 
sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri 
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə