Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

ishlab chiqarish vositalari
(stanok, mashina, asbob-uskuna, 
xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa 
iste‘mol 
buyumlari
ishlab chiqariladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan 
iste‘mol qiymatini (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy 
vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha 
qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha 
individual ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir.
Har bir individual ishlab 
chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas 
bir bo‘lagidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya‘ni turli omillarning harakati natijasida juda 
ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot 
vujudga keladi. 
Bu yaratilgan maxsulotlar mamlakatimiz aholisining talablarin 
qondirib, ularning turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat va miqdor 
jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham mamlakatimiz 
Prezidenti va xukumati tomonidan milliy maxsulotni ko‘paytirish chora-tadbirlari 
izchil amalga oshirib kelinmoqda. 


26 
Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror 
o‘sish sur‘atlari ta‘minlanib, keyingi 11 yil davomida YAIMning o‘rtacha yillik 
o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmagan holda 2015 yilda 8 foizni tashkil etdi.
Yalpi ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy 
ne‘matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida 
vujudga keltirilgan ma‘naviy ne‘matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan.
Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan xomashyo, materiallar, yonilg‘i va 
energiyalarning qiymati boshqa tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror 
hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun‘iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste‘molga 
borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan. 
YAratilgan mahsulot hajmi va tarkibini tahlil qilishda ikki tomonlama naflilik 
(natural) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə