29
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi
21
.
Iste‘molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar
ham ta‘sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi;
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining
o‘zgarishini taqozo qiladi.
3. Bozor muvozanati va uning turlari
Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan
holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda
shakllangan narx bozor narxi deyiladi
22
. Ba‘zan uni muvozanatlashgan narx ham
deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib
turmaydi, ularga ta‘sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga
sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud
bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari
mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini
muvozanatli narxda topadi.
Dostları ilə paylaş: