Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlari
. Zeb-ziynat buyumlariga talab 
odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. 
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste‘mol buyumlari hisoblanadi, shu 
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste‘mol qilishning 
keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga 
narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste‘moldan chiqarib tashlash mumkin. 
4. 
Vaqt omili
. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, 
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 
10%ga ko‘tarilsa, iste‘molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. 
Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki 
baliqqa o‘tkazishi mumkin.
SHuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. 
Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. 
Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir darajasini aniqlash 
uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Taklif hajmiga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan 
sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi 
deyiladi
23
. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb 
ham ataladi
.
Taklif egiluvchanligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning 
mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik 
uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va 
shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida 
vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning 
o‘zgarishiga ta‘sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta‘sir taklifning egiluvchanligida 
ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə