31
3-MAVZU. ISTE‘MOLCHILAR TANLOVI NAZARIYASI. ISHLAB
CHIQARISH VA XARAJATLAR.
Reja:
1.
Iste‘molchi xatti-harakati nazariyasi
2.
Naflilik funksiyasi va uni maksimallashtirish qoidasi
3.
Befarqlik egri chizig‘i va uning o‘zgarishi
4.
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
5.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining
o‘zgarish tamoyillari
6.
Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
1. Iste‘molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste‘molchining xatti-harakati
orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida
mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste‘molchi hatti-harakati
nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda
24
. Talabalarni mazkur
nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini
ko‘rib chiqamiz.
Iste‘molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi
hamda iste‘molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya
yordamida iste‘molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari
bayon etiladi. Agar naflilikka iste‘molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste‘molchining
biron-bir ne‘matni iste‘mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: