33
shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud.
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste‘molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa,
befarqlik kartasi
hosil bo‘ladi. Har
bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini
ifodalaydi. 1-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
1-chizma
Befarqlik kartasi
V
S
V
A I
3
I
2
I
1
0 A
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud
bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu
uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta‘minlaydi. Ranjirlash
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan
tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: