34
bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va
moddiy sarflardir
26
.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1)
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2)
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari– bu mahsulot ishlab chiqarish
uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan)
sarflaridir.
Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga
tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul
shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya‘ni:
w = c + v + m,
bu erda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s –
iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalariqiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish
haqi); m – qo‘shimcha qiymat.
Dostları ilə paylaş: