|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasiMonopsoniya– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni judaIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.Monopsoniya– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori
mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.
Bunga
«O‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona
mamlakatimizda engil avtomobillar ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab
ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan
sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra:
tabiiy
monopoliya, legal monopoliya, sun‘iy monopoliya farqlanadi.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal (qonuniy) monopoliya– bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat
32
.
Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi
monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi
–bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga
oshiriladi;
2) mualliflik huquqi
– ilmiy, badiiy va san‘at asarlari, ijro san‘ati
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabelь orqali tasvir uzatish
kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga
solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini
ma‘lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat
berish imkonini ta‘minlaydi;
32
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014.page
534
|
|
|