39
yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma‘lum darajada raqobat
mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki
xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi
va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma‘lum darajada hukmronlik holati
hisoblanadi.
Bunga misol tariqasida ko‘plab mebelь, kiyim-kechak turlari, kir
yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya– tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati hisoblanadi.
Oligopolistishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda tsement
(asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir
(Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da)
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: