|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasiIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.1.Sherman qonuni
(1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar
bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi
33
.
2.Kleyton qonuni
(1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma‘lum ko‘rinishdagi
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni
taqiqlaydi
34
.
3.Robinson-Petmen qonuni
(1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar
va boshqalarni taqiqlaydi.
1950 yilda Kleyton qonuniga
Seller-Kefover tuzatishi
kiritildi.
35
Unda
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
2. Sof monopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, chunki
narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopoliya sharoitida narx
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq
bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay
oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi
hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos
tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z
manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendentsiyasidan
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|