44
narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning
oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning
pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni
sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning
oshishi tendentsiyasidan foydalanadilar.
Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni
aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib
boradi (2-chizma).
Dostları ilə paylaş: