45
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 3-chizmada yaqqolroq
aks ettirilgan. CHizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab
hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx
darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
)
bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini
tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun‘iy ravishda sotilayotgan
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi
pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga
g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish
mumkin. Afrikadan an‘anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy,
kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.
Dostları ilə paylaş: