Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
- chegaralangan resurslardan oqilona
foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste‘mol darajasini
yuksaltirishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi
- inson kamolotining
yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‗sishi, madaniy va ma‘naviy
jihatdan rivojlanishida ko‗rinadi. Ilson farovonligi hamda kamoloti naqadar
yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‗ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi
har bir korxona faoliyatining eng asosiy
vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini,
shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar
o‗rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad
olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‗sishi, fond qaytimi,
rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti
talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga
qaraganda kam qo‗llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‗z mohiyatiga ko‗ra,
52
mo‗ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va
yo‗qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq
foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifatini yaxshilashni anglatadi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad
natijasida o‗z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy
samaradorlik alohida e‘tiborga ega.
Iqtisodiy samara
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne‘matlar
hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan
erishilgan iqtisodiy ne‘matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar
(yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma‘lum
miqdordagi ne‘matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy
samaradorlik ifodalanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi.
Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste‘molchilar ehtiyojlarini qondirish
darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‗rsatkichlari aholining
daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini
yuksaltirish, madaniy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‗sh vaqtlarini aniqlash
bilan belgilanadi.
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‗rsatkichi - foyda (daromad) o‗z-
o‗zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka
erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quwatlari va boshqa xususiyatlardan kelib
chiqqan holda, turli vosita va yo‗llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya‘ni
samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‗ljallash, asosiy
rollardan birini o‗ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt
mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‗ bilan ta‘minlash, ishlab
chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini
oshirishga ajratilayotgan mablag‗lami kamaytirish yo‗li bilan ko‗paytirishi
mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki,
korxonaning bozordagi o‗mini yo‗qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib
keiishi mumkin.
Ma‘lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan unga qarshi
birgalikda kurashish maqsadida «Katta yigirmalik» deb nom olgan davlatlar guruhi
tashkil etilgan edi. Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi
ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etuvchi 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan
yirik davlatlar, jumladan, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya,
Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya, Yaponiya,
Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
53
«Biz bugun 2010-yil yakunlarini baholar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz
iqtisodiyotining yuqori barqaror o‗sish sur‘atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi
saqla- nib qolayotganini qayd etishimiz zarur. Shuni yana bir bor eslatib
o‗tmoqchimanki, yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur‘atlari 2008-yilda
9 foiz, 2009-yilda 8,1 foiz, 2010-yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi».
37
Xorijiy firma va korxonalar o‗z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun
ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e‘tibomi kuchaytirishdan tashqari,
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e‘tibor qaratmoqdalar.
Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‗ziga «Barchaning yaxshi hayoti,
yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller»
kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‗rsatish»
bo‗Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx»
Dostları ilə paylaş: |