Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

vaqtni tejash qonuni
hisoblanadi. 
Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi bilan 
jamiyat tomonidan hayotiy ne‘matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning 
qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun.
Vaqtni tejash qonuni namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘lib quyidagilar 
maydonga tushadi: 
1)
mehnat unumdorligining o‘sishi; 
2)
mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi; 
3)
ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi; 
4)
xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi. 
Mehnat unumdorligi deb
ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida 
mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning 
(iste‘mol qiymatining) sarflanhan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. 
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. 
bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan 
ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: 
MU = 

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Misol uchun, «А» korxonada 
40 kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 ming dona mahsulot ishlab chiqargan 
bo‘lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 200 donani tashkil etadi. 
Agar mahsulot soni 10 ming donaga yetsa, u holda bir kishi kunida yaratilgan 
mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot soni 10 ming donaga yetsa, u 
holda bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 250 donani tashkil etib, mehnat 
unumdorligi 125% (250
100/200) ga oshadi. 
Samaradorlikni aniqlashda 
kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan
ham 
foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi 
evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar 
kapital unumdorligini – K, mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD, foydani – F 
deb belgilasak, quyidagi formulalar hosil bo‘ladi: 
KU = 
; KU = 
; KU = 
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning 
mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham 
qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish 


55 
uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va 
moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab 
chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə