51
«Samaradorlik» so‗zi natija degan ma‘noni berada. Korxonalar
iqtisodiyotiga bag‘ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina
iqtisodiy samaradorligi haqida so‗z ketadi. Holbuki, mamla- katda ro‗y berayotgan
ijtimoiy o‗zgarishlar kishilaming e‘tibo- rini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy
jarayonlarni o‗rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‗dirmoqda. Bugungi
kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‗rganish
o‗ta muhimdir. Ular o‗zaro uzviy bogMiq va bir-birini taqozo etadigan
kategoriyalardir.
Samaradorlikning
umumiy
holati,
jumladan,
ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.
Samaradorlik,
avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi
tushunchadir. U «samara» toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda
murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko‗plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‗jalik
qarorlarini awaldan belgilab beradi. Korxona o‗zining xo‗jalik, ilmiy-texnik va
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik
samaradorlikka qaraganda birmuncha tor ma‘noni
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‗jalik yuritishda maqsadga
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun
ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Xarajatlar qanchalik kam bo‗lsa (mahsulot sifatiga ta‘sir qilmagan holda), samara
shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Dostları ilə paylaş: