Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Pul-kredit siyosatining 
asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-
hisob stovkasini tartibga solish;
-
moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal 
hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;
-
davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat 
obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi 
siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini 
o‘zgartirishga qaratiladi.
Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy 
mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan 
xo‘jalik sub‘eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta‘sir ko‘rsatishda ham 
keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, 
soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan 
imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida 
byudjet xarajatlaridan
ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va 
kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar 
misol bo‘ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali 
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga 
bevosita ta‘sir ko‘rsatiladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang. 
2. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalarni 
bilasiz?
3. 
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha 
tavsifini bering. 
4. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va 
vazifalarni qo‘yadi? 
6. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita 
usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma‘muriy va iqtisodiy vositalarini 
sanab ko‘rsating. 


59 
7. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rolь 
o‘ynaydi?
8. 
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi? 
9. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil 
qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo‘yicha davlat sektori ulushining 
o‘zgarishini izohlang. 
10. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari 
mazmunini tushuntiring. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə