60
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng,
ya‘ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat
ta‘sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini
ko‘rsatib berolmaganlar.
2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta‘minlanmagan, ko‘r-ko‘rona
xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan
davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga
to‘g‘ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i
milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab
taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar
tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida
taqsimlanadi.
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida
taqsimlanadi va jamiyat a‘zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon
natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar
egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi
daromad turlari ko‘rinishini oladi.
Dostları ilə paylaş: