67
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi
aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash
hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish
minimumi yordamida
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi.
Ijtimoiy
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yori bilan birga
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
aholining ijtimoiy yordamga
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga
daromad darajasi,
shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar
kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir.
YAlpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish
– ijtimoiy
siyosatni
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat
jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish
siyosati deganda nimani
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta‘minlashda bu siyosatning roli qanday?
2.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi
omillarni sanab ko‘rsating.
3.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini
qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi?
4.
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va
tushuntirib bering.
5.
Lorents egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar
yordamida bayon qiling.
6.
Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur
koeffitsient qiymatining o‘zgarish tendentsiyalari nima bilan izohlanadi?
7.
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi
davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang.
8.
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat
dasturi doirasida qanday
ishlar amalga oshirildi?
9.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida
qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda?
10. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday
tendentsiyalar kuzatilmoqda?