Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

makroiqtisodiyot 
sub‘ektlari
hisoblanadilar.
Bu sub‘ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. 
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‗sishini 
ta‘minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur 
deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday 
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‗pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi 
roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy 
rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda 
iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‗lamiz. Davlat 
makroiqtisodiyotning boshqa sub‘ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni 
hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadida, o‗z 
tasarrufida mavjud bo‗lgan vositalar orqali ularni yo‗naltirib turadi. Bu vositalar 
esa fiskal (budjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‗ziga xos 
usullardan 
foydalanishni 
talab 
etadi. 
Son-sanoqsiz 
faktlarni, 
minglab 
ko‗rsatkichlarni alohida-alohida o‗rganib chiqish va ular borasida ilmiy 
asoslangan xulosalar chiqarish o‗ta qiyin vazifadir.
Agregatlash,
ya‘ni bir qancha 
iqtisodiy ko‗rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‗rsatkich yoki 
kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy 
jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‗rsatkichlar 
yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‗rib 
chiqish mumkin bo‗ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va 
xizmatlarning bahosi, ularga bo‗lgan talab va ularni taklif etish hajmlari 
ko‗rsatkichlari emas, balki agregat ko‗rsatkichlar hisoblangan baholarning 
o‗rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi.
Davlat obligatsiyalari bo‗ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi,
tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun 
to‗lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‗rtacha miqdori bozor foiz stavkasi 
deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‗rsatkichdan 
foydalaniladi.


70 
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni
agregat 
ko‗rsatkichlardan 
foydalangan 
holda 
iqtisodiy 
matematik 
modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‗rsatkichlar va jarayonlar o‗rtasidagi 
miqdoriy, sabab-oqibat bog‗lanishlarini matematik formula, grafik va rasmlar 
ko‗rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizig‗ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‗sishning Domar, Xarrod va Solou
modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‗zida ham grafik 
ko‗rinishda, ham algebraik formula ko‗rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik 
formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‗p 
o‗zgaruvchili bo‗lishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy 
darajasi dinamikasi ta‘sirida o‗zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish 
mexanizmi o‗rganilsa, Fillips egri chizig‗i yordamida ishsizlik va inflatsiya 
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi bog‗liqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab o‗tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil 
qilishda qo‗llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli 
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligi xususiyati bir mamlakatda 
ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u 
qanchalik sodda yoki murakkab bo‗lmasin, ma‘lum darajada mavhumlikka yo‗l 
qo‗yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‘zan 
yopiq iqtisodiy tizim, ya‘ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‗lmagan ―yopiq 
iqtisodiyot‖ deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan 
iqtisodiy aloqalarga ega, ya‘ni ―ochiq iqtisodiyot‖ga ega. Hech bir model iqtisodiy 
hodisa va jarayonlar o‗rtasidagi bog‗liqliklarni to‗la-to‗kis qamrab olmaydi.
Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy 
qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi 
mumkin bo‗lgan ko‗p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy 
siyosatning turli yo‗nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‘ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‗zgaruvchilar hamda modelni yechish 
natijasida topiladigan ichki-endogen o‗zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda 
ekzogen hisoblangan o‗zgaruvchi (ko‗rsatkich) ikkinchi model uchun endogen 
hisoblanishi mumkin. 


71 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə