|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi O‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiyIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.3. O‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish.
O‗zbekiston o‗z mustaqilligining dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga
o‗tishning o‗ziga xos yo‗lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil
Davlatlar Hamdo‗stligidagi boshqa ko‗plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab
chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi
qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikka erishdi.
O‗zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o‗sish
darajasida o‗rtacha sur‘atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
jarayonlarining
natijasi
sifatida
mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan e‘tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori
va barqaror o‗sish sur‘atlarini namoyish qila boshladi.
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo
bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon‘yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz
iqtisodiyoti so‗nggi yillarda ham yuqori sur‘atlarda o‗sishda davom etdi. Xususan,
2015 yil yakuni bo‗yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real
o‗sishi 2014 yilga nisbatan 7,9 foizni, 2016 yil yakuni 2015 yilga nisbatan 6,2
foizni, 2017 yil yakuni 2016 yilga nisbatan 5,2 foizni tashkil etdi (9.3.1-rasm).
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar Strategiyasi qabul qilingan o‗rta
muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va
institutsional o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning
yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.
|
|
|