80
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi.
Ishlab chiqarilgan milliy daromad
– bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun
hajmi. Foydalanilgan milliy daromad
– bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan
har xil yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‘qotishlar
va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta‘sir
ko‘rsatadi.
Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya‘ni davlat boshqaruv
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga
oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir.
Bu munosabatlar o‘z ichiga
iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1)
jinoyatga aloqador iqtisodiyot
– rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har
qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqtisodiy faoliyat –
narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta
taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy
harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash,
reket);
2)
soxta iqtisodiyot
– hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib
yozishlar);
Dostları ilə paylaş: