48
.
Makroiqtisodiyot o‘z ichiga
iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat
ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, bojxona tizimlarini o‘z
ichiga oladi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob‘ektiv
ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat.
Bu
maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob‘ektiv aks
ettiruvchi statistik ma‘lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan
yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda
iqtisodiy qonunlarning ob‘ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat
iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob‘ektiv
ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar
amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste‘moli darajasini o‘stirishga
yo‘naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona
manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular
daromadlarining oshishi bilan ta‘minlovchi milliy ishlab chiqarishning
barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga
baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa,
Dostları ilə paylaş: |