Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, 
materiallar qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YAIMni 
hisoblashning mazkur usuliga tegishli ba‘zi tushunchalar (masalan, takroriy 
hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni darslikning 2-bobida ko‘rib 
chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu 
mahsulotni yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv
52

Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini 
sotib olishga qilingan hamma sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda 
ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning 
uchta sub‘ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet 
ellik iste‘molchilar sotib olishi mumkin. 
Uy xo‘jaliklarining iste‘mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, 
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlariga va boshqalarga 
qilinadigan sarflardir. 
Investitsion sarflar
 
– tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital tovarlarini
(investitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflaridir.
Investitsion sarflar 
asosan uchta qicmdan ibopat: a) tadbipkoplap tomonidan mashina, yskuna va 
stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zaxiralarning 
o‘zgarishi. Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tapkibiga 
kiritilish sababi aniq: qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kipitilishi, o‘z-
o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar 
shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarning ko‘payishi, ya‘ni 
ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə