83
Egri soliqlar korxonalar ushun ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va shu
sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar aktsiz to‘lovlari,
sotishdan
olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini o‘z ishiga olib,
davlat byudjetida daromad sifatida namoyon bo‘ladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi?
Uning qanday tarkibiy
qismlari mavjud?
2.
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular
iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
3.
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday
ko‘rsatkichlarni oladi.
4.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular
milliy iqtisodiyotda qanday
rol o‘ynaydi?
5.
YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy
daromad-chi?
6.
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
7.
YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
8.
Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang.
Ularning farqini
ko‘rsating.
9.
Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5
ga teng bo‘lsa, real YAIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng
bo‘lsa-chi?
10. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining
mohiyati hamda hisoblash
tartibini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: