|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasiaholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)
ko‘rsatkichi
qo‘llaniladi. Jini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik
chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik
shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib borganda bu
ko‘rsatkich 0 (nolь)ga intiladi
42
. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi
Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar
pasaygan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
-
ta‘lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
3. Davlatning ijtimoiy siyosati.
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida
byudjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda
ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga
narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan
foydalanadi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy
faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi
jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish
hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi
Dostları ilə paylaş: |
|
|