Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

moliya-kredit tizimi
orqali olinadigan pul daromadlari 
quyidagilardan iborat:
- davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar;
- shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari;
- jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar;
- aktsiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom 
bo‘yicha to‘lovlar;
- lotereya bo‘yicha yutuqlar;
- tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh 
mablag‘lar;
- har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. 
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari 
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 
1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 
2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari
3) oziq-ovqat tovarlarini iste‘mol qilish; 
4) turar joy sharoitlari; 
5) ma‘lumot va madaniyat
6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari; 
7) aholining daromadlari va xarajatlari; 
8) hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari; 
9) transport vositalari; 
10) dam olishni tashkil etish; 
11) ijtimoiy ta‘minot; 


65 
12) inson erkinligi. 
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba‘zi bir axborotga oid 
ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar. 
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash 
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar 
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. SHu 
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari 
o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə