Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
7-MAVZU. ISH HAQINI ANIQLASH 
REJA: 
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni 
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
3. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining 
roli 
1.
 
Ish haqining iqtisodiy mazmuni 
Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan 
milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. 
Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish 
tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir 
adabiyotlarning ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng 
tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz olimi J.B.Sey 
«ishlab 
chiqarishning uch omili»
degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab 
chiqarishda mehnat, er va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar 
manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb 
ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning 
qo‘shilgan 
omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi
degan 
g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» 
nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan 
mahsulot miqdoriga (ya‘ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi. 
Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat: 
a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki 
xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi; 
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi 
o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va 
sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi. 
Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. 
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali etarli darajada rivojlanmagan 
davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan 
mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil 


60 
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda 
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, 
ya‘ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat 
ta‘sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini 
ko‘rsatib berolmaganlar. 
2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib 
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta‘minlanmagan, ko‘r-ko‘rona 
xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan 
davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
to‘g‘ri kelmaydi. 
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i 
milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab 
taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar 
tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida 
taqsimlanadi. 
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon 
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida 
taqsimlanadi va jamiyat a‘zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon 
natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar 
egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli 
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi 
daromad turlari ko‘rinishini oladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə