Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Bozor muvaffaqiyatsizligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Bozorning "muvaffaqiyatsizliklari"ni ko'rsatadigan samarasiz vaziyatlarning 
turlarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering. 
3.
Bozorga faoliyatidagi tashqi ta‘sirlarni tartibga solishda davlat qanday 
usullardan foydalanadi? 
4.
Ijobiy va salbiy tashqi ta‘sirlarga misollar keltiring. 
5.
Jamoat mollari deganda nimani tushunasiz? 
6.
Samaradorlikning qanday turlarini bilasiz? Samaraning samaradorlikdan 
farqi nimada? 
7.
Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va uni hisoblash 
formulasi qanday? 
8.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‗rin kimga tegishli: 
insonlargami, resurslargami yoki fan-texnika taraqqiyotigami? 
9.
Mehnat unumdorligi nima va u qanday hisoblanadi? 
 
 
 
6-MAVZU. DAVLATNING IQTISODIY ROLI
Reja: 
1.
 
Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va 
qarashlar. 
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari
3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari. 
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va 
qarashlar 
Milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo‘llar orqali 
erishiladi:
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo‘llash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;


56 
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini 
uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun 
ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit 
tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini 
tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali 
o‘zini o‘zi tartibga solishining zarurligi ta‘kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, 
xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi 
zarur. Ana shundagina iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni 
tashkil qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har 
qanday chetdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari 
uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda 
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan 
belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste‘molchilarga faqat zarar 
keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab 
chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan 
raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning 
ancha yuqori xarajatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan 
past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy 
iste‘molchilar zarar ko‘radilar.
A.Smitning «Tinch qo‘yish» nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy 
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik 
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan 
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida o‘z aksini topdi.
Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan 
foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan 
bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz 
ravishda inqirozga qarshi siyosat o‘tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy 
oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o‘zgarishini bartaraf etish haqida ketadi. 
Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQSHda amalga oshirildi. Urushdan keyingi 
davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti 
amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. SHu bilan birga davlatni 
iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda 
davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi 
tartibga solish va ish bilan bandlikni ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori 
darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni 
rag‘batlantirish tan olinadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə