Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik 
- chegaralangan resurslardan oqilona 
foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste‘mol darajasini 
yuksaltirishdir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi 
- inson kamolotining 
yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‗sishi, madaniy va ma‘naviy 
jihatdan rivojlanishida ko‗rinadi. Ilson farovonligi hamda kamoloti naqadar 
yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‗ladi. 
 
Ishlab chiqarish samaradorligi 
har bir korxona faoliyatining eng asosiy 
vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, 
shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar 
o‗rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad 
olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‗sishi, fond qaytimi, 
rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti 
talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga 
qaraganda kam qo‗llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‗z mohiyatiga ko‗ra, 


52 
mo‗ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va 
yo‗qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq 
foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifatini yaxshilashni anglatadi. 
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad 
natijasida o‗z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy 
samaradorlik alohida e‘tiborga ega. 
Iqtisodiy samara
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne‘matlar 
hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan 
erishilgan iqtisodiy ne‘matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar 
(yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma‘lum 
miqdordagi ne‘matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy 
samaradorlik ifodalanadi. 
Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. 
Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste‘molchilar ehtiyojlarini qondirish 
darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‗rsatkichlari aholining 
daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini 
yuksaltirish, madaniy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‗sh vaqtlarini aniqlash 
bilan belgilanadi. 
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‗rsatkichi - foyda (daromad) o‗z-
o‗zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka 
erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quwatlari va boshqa xususiyatlardan kelib 
chiqqan holda, turli vosita va yo‗llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya‘ni 
samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‗ljallash, asosiy 
rollardan birini o‗ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt 
mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‗ bilan ta‘minlash, ishlab 
chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini 
oshirishga ajratilayotgan mablag‗lami kamaytirish yo‗li bilan ko‗paytirishi 
mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki, 
korxonaning bozordagi o‗mini yo‗qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib 
keiishi mumkin. 
Ma‘lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan unga qarshi 
birgalikda kurashish maqsadida «Katta yigirmalik» deb nom olgan davlatlar guruhi 
tashkil etilgan edi. Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi 
ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etuvchi 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan 
yirik davlatlar, jumladan, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, 
Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya, Yaponiya, 
Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi. 


53 
«Biz bugun 2010-yil yakunlarini baholar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz 
iqtisodiyotining yuqori barqaror o‗sish sur‘atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi 
saqla- nib qolayotganini qayd etishimiz zarur. Shuni yana bir bor eslatib 
o‗tmoqchimanki, yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur‘atlari 2008-yilda 
9 foiz, 2009-yilda 8,1 foiz, 2010-yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi».
37
 
Xorijiy firma va korxonalar o‗z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun 
ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e‘tibomi kuchaytirishdan tashqari, 
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. 
Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‗ziga «Barchaning yaxshi hayoti, 
yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller» 
kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‗rsatish» 
bo‗Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx» 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə