Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
Vaqtbay ish haqixodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan 
vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir
39
.
U odatda mehnatning natijalarini 
miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini 
bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va 
xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki 
mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va 
bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat 
liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.
Ishbay ish haqiishchining ishlab chiqargan 
mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan 
ish haqidir.
Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif 
stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me‘yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida
ishlab chiqarish me‘yori qay darajada 
bajarilishidan qat‘iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha to‘lanadi. 
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
bir qancha ko‘rsatkichlar, 
masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat 
darajasi ta‘minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. 
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimida
ishchining belgilab qo‘yilgan me‘yor 
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha ish haqi beriladi, me‘yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha 
pul to‘lanadi. 
 
Tarif tizimi– tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa 
ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə