42
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi.
4. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Oligopoliya sharoitida
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan
qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan
ham ergashish, ya‘ni shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste‘molchilari soni hamda sotish hajmini
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar
ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib,
bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligopolistning xatti-harakati samara
bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan
inkor etish, ya‘ni hech qanday javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y
beradi, ya‘ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste‘molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib
chiqariladi. YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist firmaning talab
egri chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni
birinchi bo‘lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab
bergan.
Dostları ilə paylaş: