46
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma
o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi.
Bunda monopol yuqori va monopol
past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi
farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari
kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi
hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi
korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining
tayyor mahsulotlariga
undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori
narx o‘rnatadilar.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSH,
Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa
g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi
bilan narxlar qaychisi
asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o‘rta
va mayda
fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1.
Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullarida
narxlar nimalar asosida
shakllanadi?
2.
Monopoliya sharoitida narxlarning o‘zgarishiga nimalar ta‘sir qiladi.
3.
Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq bor?
4.
Tabiiy, legal va sun‘iy monopoliyalarda narxlar shakllanishidagi bir-
biridan farqlanishini ko‘rsating.
5.
Monopoliyada narx shakllanishining ijobiy
va salbiy tomonlarini
ko‘rsating?
6.
Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning
narxga ta‘sirini ko‘rsating?
Dostları ilə paylaş: