|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasiKorxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarniIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni
ishlab chiqarish va iste‘molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha
sarflar tushuniladi:
k = s + v.
Korxona
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa
xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan
ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini
tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam
bo‘ladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazilguncha
ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala
xarajatlari va sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash,
transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala
xarajatlari hisoblanadi.
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini
oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan
qoplanadi
27
.
Cof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning
maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi
xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda
hisobidan qoplanadi.
26
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page
477
27
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page
478
|
|
|