25
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni yaratishga
qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Moddiy va ma‘naviy ne‘matlar
yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy
tomonidir.
Ishlab chiqarishning
tarkibiy tuzilishi
muhim ahamiyat kasb etib, u turli
sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni
moddiy ishlab chiqarish va
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga
ajratish lozim.
O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi
moddiy ne‘matlarniishlab
chiqarish
(masalan, avtomobilь, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.)
va
moddiy xizmatlar ko‘rsatish
(transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va
boshqalar)dan iborat bo‘ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham
nomoddiy ne‘matlarni ishlab
chiqarish
(masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar)
va
nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish
(huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta‘sir ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib,
birinchi bo‘linmada
Dostları ilə paylaş: