23
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi
zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
resurslarga xususiy
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda
va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni
tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub‘ektning
xatti-harkati uning
xususiy manfaatiga asoslanadi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
.Hozirgi davrda real hayotda bozor
iqtisodiyoti
sof
bozor
mexanizmi
va
rejali
iqtisodiyot
unsurlarini
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning
har xil shakllari, tadbirkorlikning turli
yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish,
prognozlash, aholini ijtimoiy
himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin
bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rolь
o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor
tizimi etarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki
umuman etkazib bermaydigan
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta‘minlashda, daromadlar taqsimlanishini
o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi
qudratli iqtisodiy
tashkilotlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: