2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Iqtisodiyot fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni
ham o‘rganadi.
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob‘ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi,
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1.Umumiy iqtisodiy qonunlar
– kishilik jamiyati rivojlanishining barcha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasining mos kelishi
qonuni va boshqalar.
2.Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
– insoniyat jamiyati
taraqqiyotining ma‘lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif
qonuni va qiymat qonuni.
3.Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar
– alohida olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy
tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab
topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib,
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa,
albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya
(ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini
ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu
tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa,
talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
19
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq
bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini
aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |